Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona postlarining iyun oyi reytingi e'lon qilindi
Eksport-import rasmiylashtiruvi uchun sarflangan vaqt bo‘yicha bojxona postlari reytingi iyun oyi yakunlari bo‘yicha yangilandi. 2019 yilning yanvar oyidan beri Bojxona qo‘mitasi saytida bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvi vaqti haqidagi statistik ma'lumot har oy e'lon qilib borilmoqda.
Eksport
Buxoro viloyatidagi «G‘ijduvon» bojxona posti yetakchiga aylandi - ushbu bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi o‘rtacha 3 daqiqa-yu 41 soniyada rasmiylashtirilgan. Keyingi o‘rinlardan xuddi shu viloyatdagi «Qorovulbozor» (7 daqiqa va 15 soniya) hamda Andijon viloyatidagi «Asaka» (9 daqiqa-yu 53 soniya) bojxona postlari joy oldi.
«Ark buloq» (2 soat-u 13 daqiqa), «Nazarbek» (1 soat 45 daqiqa) va «Sergeli» (1 soat 24 daqiqa) postlari autsayderga aylandi.
Import
Bu yerda «Qorovulbozor» bojxona posti yetakchi bo‘ldi - 30 daqiqa va 30 soniya. Keyingi pog‘onalardan Navoiy viloyatidagi «Navoiy industrial» (44 daqiqa va 31 soniya) va Surxondaryo viloyatidagi «Jarqo‘rg‘on» (47 daqiqa va 19 soniya) bojxona postlari joy oldi.
«Chuqursoy» (6 soat), «Nazarbek» (5 soat 35 daqiqa) hamda «Ark buloq» (4 soat-u 37 daqiqa) postlari autsayderga aylandi.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026