Davlat xizmatlar markazida fuqarolik pasportini olish imkoniyati paydo bo‘ldi
Namangan tumani aholisi davlat xizmatlari markazida FHDYo va notariat organlari xizmatlaridan foydalanish, fuqarolik pasportini olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, «Obod markaz» dasturi doirasida qurilgan mazkur markaz binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, hududiy adliya bo‘limi hamda Namangan tumani Davlat xizmatlari markazi joylashgan.
«Markaz xodimlari tuman aholisiga tezkorlik, qulaylik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan 80 dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatishdan hamisha mamnun. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan investorlar uchun esa alohida darchalar har doim huquqiy yordam berishga va zarur xizmatlari ko‘rsatishga tayyor», — deyiladi agentlik axborotida.
Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk mavjud.
«Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu yerda bolalar o‘yingohi, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, kutubxona hamda kafe ishlab turibdi. Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi dan foydalanish imkoniga ega. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli aravacha va pandus o‘rnatilgan. Umuman olganda, har bir fuqaroga — alohida e'tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024