Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
Kiprdagi «oltin pasportlar» Rossiya temiryo‘llari top-menejerlarining qarindoshlari tomonidan saqlanib qolgan. Avvalroq bir qancha rossiyalik milliarderlar Kipr fuqaroligidan mahrum qilingan edi.

Foto: AP
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli bir necha rossiyalik milliarderlarning Kipr fuqaroligidan mahrum etilishi fonida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofidagi bir qator shaxslar «oltin pasportlar» (Kiprning investitsiya fuqaroligi)ni saqlab qolishadi. Ular orasida Putinning Leningrad davlat universitetidagi sobiq kursdoshi Nikolay Yegorov hamda Rossiya temiryo‘llari (RJD) top-menejerlari Sergey Toni va Vladimir Yakuninlarning qarindoshlari bor, deb xabar berdi 6 dekabr, juma kuni «Novaya gazeta».
Kiprning «oltin pasportlari»ga da’vogarlar ro‘yxatiga ko‘ra, Yegorov va uning rafiqasi 2014 yil oktyabr oyida Kipr fuqaroligini olishgan. Nikolay Yegorov Putinning yaqin doirasiga kiradi. Versiyalardan biriga ko‘ra, aynan u Putinning siyosiy faoliyatini boshlagan va uni Sankt-Peterburgning o‘sha paytdagi meri Anatoliy Sobchak bilan tanishtirgan.
Yegorov Rossiyadagi eng yirik yuridik firma - «Yegorov, Puginskiy, Afanasev i Marks Egorov» (YePAM) hammuassislaridan biri bo‘lib, uning advokatlari xalqaro sudlarda Rossiya Federatsiyasi manfaatlarini bir necha bor himoya qilgan. Yegorov Putinga yaqin odamlar bilan birgalikda Gelenjikdagi Putin qarorgohini qurish uchun milliardlab dollar kredit bergan «Investitsionnyye resheniya» kompaniyasiga egalik qiladi.
Boshqa «oltin pasport» egalari
Kiprning «oltin pasportlari»ni saqlab qolganlar orasida Rossiya temiryo‘llari sobiq rahbari Vladimir Yakuninning o‘g‘li Viktor ham bor. Uning otasi ham Putinning yaqin do‘stlaridan biri. Kichik Yakunin hujjatni 2016 yil boshida rafiqasi Darinaning sarmoyalari asosida olgan.
Rossiyada u «Polyandriya» bolalar nashriyoti, kichik gulchilik biznesi va «Letters» kitob do‘koniga ega. Darina Yakuninaning barcha kompaniyalari 10 milliondan ortiq sof foyda keltirmaydi. U qanday qilib 160 milliondan ko‘proq pul to‘plagani noma’lumligicha qolmoqda (fuqarolikning 2016 yildagi kurs bo‘yicha taxminiy qiymati).
«Novoy-Yevropa» nashriga ko‘ra, 2019 yilda «Rossiya temiryo‘llari»ning yana bir top-menejeri Oleg Tonining o‘g‘li Sergey Toni Kipr sarmoyaviy fuqaroligini olgan. Kichik Toni Rossiyada biznesga ega emas, lekin u ofshor kompaniyalar orqali Yevropadagi ko‘chmas mulkka 50 milliard yevroga yaqin sarmoya kiritgani aytiladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik

22:37 / 02.04.2025
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

18:37 / 19.12.2024