Sport | 22:09 / 08.07.2019
2304
1 daqiqa o‘qiladi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon kubogida o‘zbekistonliklar ham ishtirok etadi

12-15 iyul kunlari Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. 

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston musobaqaning S guruhidan o‘rin oldi va Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya va Belarus bilan to‘qnashadigan bo‘ldi.

Jahon kubogiga yo‘l olgan tarkib quyidagicha:
Darvozabon: Sergey Islamov
Himoyachilar: Danil Shaplov, Toir Ergashboyev, Jahongir Ochilov, Abduqahhor Shonazarov. 
Yarimhimoyachilar: Edgar Shamshidov, Amir Nyuskov, Ruslan Karaxanyan. 
Hujumchilar: Timur Abibullayev, Salim Son. 
Bosh murabbiy: Jamshid Asadov.
Yordamchi murabbiy: Aziz Kasimov.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid