Qatarda ötadigan jahon çempionati startidan avval musobaqa boş sovrini dunyoning 51 mamlakatiga olib borilişi reja qilingan. Özbekiston – bu yil jahon kubogi yetkazilgan MDHning yagona mamlakatiga aylanadi.

5 iyun kuni JÇ-2022 boş sovrini Livan poytaxti Bayrutdan Toşkentga yetkazildi. Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdagi Coca-Cola taşkil etayotgan FIFA Woorld Cup™ xalqaro kubok-turi rasmiy kutib oliş marosimida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, Sportni rivojlantiriş vaziri Adham Ikromov, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov iştirok etdi.

6 iyun kuni esa kubok taqdimot marosimi oldidan jahon çempionlari ispaniyalik Karles Puyol hamda Kristian Karambyo ham Toşkentga yetib kelişdi.

Ma’lumot uçun, jahon kubogi taqdimoti bugun, 6 iyun kuni Tashkent City Congress Hall’da ötkaziladi.












