Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan shaxs Novosibirsk aeroportida qo‘lga olindi
Foto: RIA Novosti / Aleksandr Kryajyev
Novosibirskdagi Tolmachyovo aeroportida odam savdosi jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Transportdagi IIVning Sibir federal okrugi bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak O‘zbekistonda odam savdosi bo‘yicha jinoiy ish figuranti sanaladi. U odam o‘g‘irlash, shuningdek, «aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan» zo‘ravonlik, tahdid hamda boshqa turdagi zo‘rlik qo‘llash maqsadida tashkil qilingan to‘dada ishtirok etishda ayblanmoqda.
Odam savdosi qurbonlari O‘zbekiston chegarasi orqali olib o‘tilib, noqonuniy ravishda chet elda saqlangan. Ularning hujjatlari yo‘q qilingan yoki shaxsni tasdiqlovchi soxta guvohnomalar ishlatilgan.
Gumonlanuvchi O‘zbekistonda tergovdan yashiringan va xalqaro qidiruvga berilgan. Rossiya transport politsiyasi erkakni Tolmachyovo aeroportida, Yoqutistonga reys ro‘yxatga olinayotgan vaqtda ushladi.
Novosibirsk temir yo‘l tuman sudi ushlangan shaxsni qamoqqa olish haqida qaror chiqargan. Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uni O‘zbekistonga topshirish uchun hujjatlar tayyorlashmoqda.
Mavzuga oid
09:34 / 18.04.2026
Toshkentda odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi
12:33 / 21.03.2026
Sibirda qoramollar so‘yilishi: hokimiyat so‘nggi reyd haqida ma’lum qildi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
15:22 / 18.02.2026