Yoş avlodning tarbiyasi va ta'limiga bölgan e'tibor har qanday mamlakatning qudratida öz aksini körsatadi. Özbekiston aholi soni yuqori sur'atlarda ösib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xalqimiz azaldan «bolajon» bölgan, bizda aholining umumiy sonida bolalar va yoşlarning salmoği katta, 3 - 7 yoşdagi bolalar sonining ösiş sur'atlari esa butun aholining ösişiga qaraganda yuqoriroqdir.

Demak yoş avlodning tarbiyasi va ta'limiga bölgan e'tibor Özbekiston uçun «hayot yoki mamot» darajasida muhim ahamiyatga ega desak mubolağa bölmaydi.

Kun.Uz tahririyatiga Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak şaharçasida joylaşgan 17-son maktabgaça ta'lim muassasasi (MTM yoki bolalar boğçasi) böyiça murojaat tuşdi. Unda boğça binosi bir qismining tomi yopilmagani, natijada xonalar ta'mirtalab bölib qolgani, bolalar maydonçasi böyiça muammolar borligi, turli anjomlarning yetişmasligi kabi bir qança kamçiliklar körsatilgan edi.

«Tabassum» nomli 17-son maktabgaça ta'lim muassasasi Hazorasp tumanidagi Pitnak şaharçasi markazida joylaşgan. 1988 yilda qurib bitkazilgan va işga tuşirilgan.

Boğça 2 qavatli va bir-biriga tutaşgan 2ta binodan iborat. Birinçi binoning tomi yopilgan va umumiy holati qoniqarli darajada. Hozirgi paytda bu binoda 230 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Ikkinçi binoning tomi yopilmagan. Natijada, turli yoğingarçiliklar oqibatida tomdan çakka ötib, xonalarning devorlari ta'mirtalab bölib qolgan. Yoğoç pollar esa çirib, yaroqsiz holga kelgan. Ayni paytda ikkinçi binoning quvvatidan töliq foydalanilmayapti.

17-son MTM rahbari Nodira Xodjabayevadan bu muammolar böyiça izoh oldik.

«Maktabgaça ta'lim muassasamiz bir-biriga tutaşgan 2ta binodan iborat. Ulardan birining tomi yopilmagan. Yoğingarçilik paytida tomdan çakka ötib, xonalar foydalanişga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Natijada bu binoning quvvatidan töliq foydalana olmayapmiz. Bu binodagi sportzal va boşqa xonalar yopiq holda turibdi», - dedi Xodjabayeva.