Zafarbek Bahodiroviç Matnazarov Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matnazarov 1986 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, Toşkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qöşköpir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Şuningdek, Ruslan Xajibayeviç Örazbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi.

Örazbayev 1979 yilda tuğilgan, 2000 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Qayd etilişiça, har ikki nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.
Ma’lumot uçun, Yangiariq tumaniga 2023 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan Kamol Otajonov hamda Gurlan tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Umrbek Jumaniyazov 2024 yil iyulida prezident raisligidagi videoselektorda işdan olingandi.










