Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “Uluğbek” fermer xöjaligi va elektr ta’minoti korxonasi örtasida qarzdorlik masalasida nizoli vaziyat yuzaga kelgan. Kun.uz'ga murojaat qilgan fermer yuzaga kelgan bu holatdan 47 gektar ekin maydonidagi ğöza zarar körayotganini ma’lum qildi.

Fermerning ekin dalalari nasoslar bilan suv içadi. Elektrdan uzib qöyilgani uçun fermer ğözasini suğora olmayapti.

Fermer xöjaligi iş yurituvçisi Rahmatjon Ibodullayevga köra, qarzdorlik böyiça ularni bexabar qilmagan holda sud ham ötkazilgan.

“1994 yildan buyon faoliyat yuritamiz. Bunaqasi hali bölmagan edi. Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari doim elektrdan qarzdorligimizni aytardi va biz öşa summani tölab qöyardik, suriştirmasdik ham raqamlar töğri-notöğriligini. Joriy yilning iyun oyi örtasida elektr energiyasini uzib ketişdi. “Elektroset”ga bordim, 63 mln sömdan ortiqroq qarzim borligini aytişdi. 2023 yilning oktyabr oyida sud ham qilib qöyişgan ekan, bundan bexabar qolibmiz. Nima ham derdim, işni davom etişim kerak – borib 71 mln 469 ming söm tölab keldim.

Elektrni ulaşdi, ammo 47 gektar paxtani suğorib-suğormasimdan yana uzib qöyişdi. Elektr ta’minoti korxonasiga borsam, 34,5 mln söm penya ham borligini aytişdi. Şuning uçun öçirişibdi. Ya’ni, bizga bildirilmasdan sud qilinyapmiz, biz bilmagan qarzdorlik uçun yana penyasini ham tölaşimiz kerak”, deydi Rahmatjon Ibodullayev.

Şundan keyin fermer tuman prokurori va hokimga oğzaki murojaat qilgan. Elektr energiyasini ulab berişgan. Lekin uç kundan keyin yana öçirişgan. Söngra fermer yuqori taşkilotlarga qarzdorlikni keçiktirib turişni sörab murojaat yozgan.

“Elektr ta’minoti korxonasiga çaqirişdi va tuşuntiriş xati yozib berişimni söraşdi. Lekin men yozgan tuşuntiriş xati ularni qoniqtirmadi, xatda öz minnatdorçiligimni bildirişim kerak ekan. Men yozmadim. Bir soatdan keyin elektrni yana uzib qöyişdi. Keyin bizga murojaatingiz ijobiy hal qilindi, degan ma’noda xat keldi. Holbuki, elektrdan hamon uzilganmiz. Paxta esa kösak taşlaşda davom etyapti”, deya ta’kidlaydi xöjalik iş yurituvçisi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm viloyati filiali rahbari bu holatni izohlar ekan, fermerni yuzaga kelgan qarzdorlikni tölamaslik uçun turli idoralarga “yozib” yurganlikda aybladi. Unga köra, fermer hali qarzdorlikni töliq qoplamagan. Şu sababli, xöjalik elektr tarmoğidan uzib qöyilgan.