Toshkentda yarim yil ichida 446 kishi dori vositalaridan zaharlandi
Toshkentda dori vositalaridan zaharlanish bo‘yicha statistika e'lon qilindi. Joriy yil boshidan tez tibbiy yordam xizmati 679 ta zaharlanish holati haqida xabar bergan. Ulardan 446 tasi, ya'ni 65,6 foizi dori vositalaridan zaharlanishga to‘g‘ri keladi.
Qolgan 233 ta zaharlanish holati spirtli ichimlik (174 ta holat), is gazi (15 ta) va boshqa moddalardan zaharlanishga to‘g‘ri keladi.
Dorilardan zaharlanganlardan aksariyati – 70 foizdan ko‘prog‘i ayollardir. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatida bu holat ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq shifokordan bemaslahat o‘zlarini davolash bilan shug‘ullanishlari bilan tushuntirilgan.
Yanvardan iyungacha dorilardan zaharlanish alomatlari bilan 7 yoshdan kichik 36 bola va 8 yoshdan 18 yoshgacha 48 bola shifoxonaga tushgan. Ulardan ko‘pchiligiga dorilarni ota-onalari bergan, bir qism bolalar nazoratsiz qolib, kattalar dorilarni saqlash qoidalariga amal qilmaganlari sababli ularni qo‘lga kirita olganlar.
Zaharlanishga olib kelgan dori vositalari orasida og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi vositalar, antidepressantlar, asab va yurak-tomir tizimlariga mo‘ljallangan boshqa dorilar bor. Shuningdek, epilepsiyani (tutqanoq) davolashga mo‘ljallangan dori vositalari bilan zaharlanish holatlari ham qayd qilingan.
IIBBda dorilardan zaharlanish holatlarining ko‘pligi sabablari sifatida nafaqat ularning reklamasi ko‘pligi va retsepsiz sotilishi, balki dorixonalar sog‘liqni saqlash idoralariga bo‘ysunmasligi bilan bog‘liq joriy vaziyat aytilgan.
Mavzuga oid
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
14:30 / 24.09.2024
Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt bola zaharlanishdan vafot etdi
17:06 / 23.09.2024