22 iyun kuni soat 18:30 atrofida Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga «112» tizimi orqali Mirobod tumanidagi Taras Şevçenko köçasida joylaşgan quriliş obektida favqulodda holat yuz bergani haqida xabar kelib tuşgan.
Ma’lum qilinişiça, binoning ikkinçi qavati ostida joylaşgan yertölada böyoqlaş işlarini olib borayotgan uç nafar işçining ahvoli böyoqdan ajralib çiqqan hid ta’sirida yomonlaşgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvçilar fuqarolarni çuqurdan olib çiqib, ularga birinçi tibbiy yordam körsatgan. Şundan söng jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilişiça, qutqaruvçilarning öz vaqtida va tezkor harakatlari tufayli uç nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

















