O‘zbekiston | 01:27 / 11.07.2019
4815
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijlik fuqarolarga xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan QQSni qaytarish («tax free») tartibi belgilanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritadi:

  • chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tishda xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish («tax free») tartibini belgilash;
  • coliqlar bo‘yicha to‘lovlarni keyinchalik bo‘lib-bo‘lib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi «investitsiyaviy soliq kreditlari» institutini joriy etish;
  • soliq to‘lovchi — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor unga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab, qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar miqdorining 50 foizini o‘n kun davomida ixtiyoriy ravishda to‘laganda, uni jarima summasining qolgan qismini to‘lashdan ozod etish bo‘yicha moliyaviy jarimalarni undirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
  • yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash maqsadida yalpi tushumning chegaraviy miqdorini sun'iy pasaytirishga qaratilgan xatti-xarakatlarga (bo‘linish, yangi tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etish va boshqalar)
  • chek qo‘yish choralarini ko‘rish, mazkur holatlar aniqlanganda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summasiga davlat soliq xizmati organlari tomonidan tuzatish kiritish va ularni sud tartibida undirish mexanizmlarini joriy etish;
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid