Jahon | 22:15 / 11.07.2019
14798
1 daqiqa o‘qiladi

Yer atrofini uchib chiqish tezligi bo‘yicha rekord yangilandi

Foto: Royal Australian Air Force

Xalqaro ekipaj One More Orbit parvozi doirasida Yer atrofini uchib chiqish tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda parvoz tashkilotchilari tvitterda ma'lum qildi.  

Rossiya, AQSh, Britaniya, Daniya, Janubiy Afrika, Ukraina va Germaniyani bildiruvchi 10 kishi Yer atrofi bo‘ylab eng tez sayohatni amalga oshirdi. Ular sayyoramizning ikki qutbini kesib o‘tgan holda 41526 km masofani uchib o‘tishgan.  

Parvoz 9 iyulda AQShdagi Kanaveral burnida boshlangan. 46 soat 39 daqiqa 38 soniyadan keyin jamoa o‘z parvozini yakunlagan. Parvoz amalga oshirilgan Gulfstream G650ER reaktiv samolyotining o‘rtacha tezligi 860,95 km/soatni tashkil qilgan. 

Avvalgi rekord 2008 yilda TAG Group xoldingi jamoasi tomonidan o‘rnatilgan. Jamoa Yer atrofini o‘rtacha 822,8 km/soat tezlik bilan 52 soat 32 daqiqada uchib chiqqan.

Mavzuga oid