Jamiyat | 14:12 / 14.07.2019
14570
2 daqiqa o‘qiladi

Izboskan tumani hokimi va sektor rahbarlari sayyor qabul o‘tkazdi

Andijon viloyati Izboskan tumanida tuman hokimi Serobiddin Ismoilov, to‘rtta sektor rahbari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish hamda hal qilish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Tumanning turli hududlaridan o‘z muammolari bilan kelgan fuqarolar asosan uy-joyni ta'mirlab berishga yordam, uy-joy bilan ta'minlashni so‘rab, ish joyi muammosi, kredit mablag‘lari olish, sog‘ligini tiklash, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish va boshqa masalalarda tuman mutasaddilariga murojaat qilishdi.

Muloqotlar davomida qabul qilingan 143ta murojaatdan 110tasi hal qilinib, qolganlari o‘rganilmoqda.  

Tumanda ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilgan. Jumladan, Lo‘g‘imbek qishlog‘ida 250ta, Moygir qishlog‘ida 350ta, Poytug‘ shaharchasida 120ta ish o‘rniga ega tikuvchilik sexlari tashkil etilyapti. 

Qabul o‘tkazilgan istirohat bog‘ida tuman ahli uchun zamonaviy uskunalar va 15 yo‘nalishdagi vrachlar ishtirokida tibbiy ko‘rik, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 11 nafar  nogironga aravachalar, 20 kishiga maishiy texnika jihozlari, 21ta muhtoj oilaga qurilish materiallari tarqatildi.

Mavzuga oid