Kun.uz’ga Andijon viloyati Izboskan tumanining Mirzo Uluğbek mahallasidagi 5 qavatli uylarning qurilişi sifatsiz amalga oşirilayotgani yuzasidan murojaat kelib tuşdi. Unda ğişt terişda quruvçilar tomonidan sement işlatilmagani, hali odamlar köçib ötmasidan zinalardagi kafellar köçib, sinib ketgani aytilmoqda.
Tahririyatga taqdim qilingan videolavhada ham terilgan ğiştlar orasidagi qotişmalar qöl tekkanida tökilib ketayotganini köriş mumkin. Hatto “dom”lardan birining yon devoriga terilgan blok ğiştlar qimirlab turibdi.
“Köp qavatli uylar juda sifatsiz qurilmoqda. Binoning zilzilaga bardoş bermaslik ehtimoli katta. Sababi, beton ustunlar binoni tutib turiş uçun mutlaqo yaroqsiz. Tsement örniga adir tuproği işlatilgan. Umuman sement aralaştirilmagan. Odamlarni bosib qolsa nima böladi?” deyiladi murojaatda.
Murojaatçilarning qöşimça qilişiça, quriliş işlari töliq yakuniga yetmasdan bankdan hali qurilmagan qavatga kredit ajratilgan. Tuman kadastr bölimi esa hali qurilmagan, bitmagan qavatlardagi uylarga kadastr hujjatlarini rasmiylaştirgan.
Xaridorlarning tegişli taşkilotlarga qilgan murojaatlari natija bermagan.
“Izboskan tumani prokuraturasi va boşqa yuqori turuvçi taşkilotlarga murojaat qilsak ham quruvçiga çora körilmayapti. Tuman hokimligida ötkazilgan yiğilişda quruvçi 20 nafar uy olgan şaxslar oldida “ariza qilavermanglar, sizlarning qurilişga bergan pullaringizni prokurorga berib, arizalaringizni yopib çiqyapman”, dedi. Axir odamlar bitmasdan qolib ketgan uyga 3-4 yildan beri kredit tölab kelişmoqda”, deya ta’kidlaydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan murojaatçilaran biri.
2024 yil 11 yanvar kuni Izboskan tumani prokuraturasi fuqaroning murojaati asosida Andijon viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boşliği Z.Ummataliyevga xizmat tekşiruvi ötkaziş yuzasidan taqdimnoma kiritgan.

Taqdimnomada “Izzatbek savdo kapitali” MÇJ tomonidan 2020 yil Izboskan tumanining Mirzo Uluğbek mahallasi Yangibozor köçasida köp qavatli turar joyning 1-binosi qurilgani aytiladi.


















