Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) Uluğbek Muhammadiyev Kun.uz'ga eksklyuziv intervyu berib, unda ayrim masalalar yuzasidan öz mulohazalarini bildirdi. 

—Ba'zida jurnalist yoki bloger hibsga olingani haqida şov-şuvlar tarqalmoqda. Masalan, Andrey Kubatin hibsdaligida opasining şikoyatlari yoki yana bir blogerning boşqa taxallusdagi maqolalari uçun qamalganligi kabi holatlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi. Şu örinda tabiiy savol paydo böladi: Ombudsman qaysi holatlarda fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi? Uning himoya mexanizmi qanday işlaydi?

—Birinçi navbatda, biz aynan fuqarolarning murojaati bilan işlaymiz. Agar fuqaro bizga murojaat qilsa, biz, albatta, u bilan şuğullanamiz. Lekin biz fuqaro qanaqa mavzuda murojaat qilişidan qat'i nazar, uning ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölib ketişiga yöl qöymaymiz. Sababi qonunçiligimizga köra, murojaat qilgan fuqaroning şaxsiy huquqlari himoya qilinişi va jamoatçilikka e'lon qilinmasligi kerak degan masala bor. 

Ikkinçi tarafdan esa biz murojaat qilingandan keyin qonunda belgilangan tartib böyiça öz ta'sir çoralarimizni köramiz.

Biroq, aytaylik, holat jinoyat bilan boğliq bölsa yoki sud jarayoni ketayotgan bölsa, Ombudsmanning bu jarayonga aralaşişga haqqi yöq. Va bu töğri. Çunki tergov jarayoniga xalaqit bermaslik qonunda körsatib ötilgan. Biz sudgaça bölgan vaqtda fuqaroning soğligi, unga tazyiq ötkazilmasligi himoyasi bilan şuğullanamiz. Biroq tergovga aralaşiş ombudsmanning vakolati emas. Sud jarayoni ham xuddi şunday.

Şunday bölsa-da, hozir köpçilikning fikriga tayanib yangi amaliyotni qöllayapmiz. Unga köra, sudning adolatli ötişini ta'minlaş maqsadida vakilimiz kuzatuvçi sifatida sudda iştirok etişni boşladi.

Monitoring qiliş jarayonida ham har bir şaxsning yaşaş şaroiti, işlaş, ovqatlaniş soğligi bilan boğliq holatlarni örganamiz. Agar huquq buziliş holatlarini körsak, albatta, öz ta'sir çoramizni köramiz.

Masalan, Kubatinning şaxsan özi bilan uçraşib, holatni örganganimizda u şaroitdan qoniqayotganligini va faqat sudning adolatli ötişini kutayotganini bildirgan. Ta'kidlaganimdek, sudga aralaşişga haqqimiz yöq. Fuqaroning saqlaniş şaroitini nazoratga oliş esa bizning zimmamizda.

Öylaymanki, insonlarning şaxsiy huquqi, taqdirini internetda ovoza qilib, buning ortidan bonus yiğiş etikaga töğri kelmaydi. Şu jihatdan biz örganilgan öta muammoli vaziyatlarni öz hisobotimizda aks ettirib boramiz va Oliy Majlisning har ikki palatasiga topşiramiz. Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasi, Prokuratura, Içki işlar vazirligi kabi hamma tegişli taşkilotlarga ham hisobot yetkaziladi.