Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Uluğbek Muhammadiyev Kun.uz'ga bergan eksklyuziv intervyusida tergov va hibsxonalarda ayblanuvçi, mahbuslarga nisbatan qöllanadigan qiynoqlar mavzusiga alohida töxtalib ötdi. Uning aytişiça, bu sohada ijobiy özgarişlar köp kuzatilmoqda, şunga qaramay, jazoni ijro etiş muassasalarini Içki işlar vazirligidan ajratiş masalaga katta yeçim böla oladi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
— Fuqaro va huquq tartibot organlari munosabatiga töxtaladigan bölsak, köpinça şaxslardan iqrorlik olinişi döq-pöpisalar bilan amalga oşirildi, degan gaplarni eşitamiz. Ayrim paytlarda esa bu kabi holatlar, haqiqatan, aniqlanyapti. Sizningça, bunday holatlarga qanday munosabatdasiz?
— Şaxsga ta'sir ötkaziş, qiynoqlar bizga sobiq sovet davridan meros sifatida qolgan. Masalan, ayrim huquqni muhofaza qiliş organlarida işlab, hozir nafaqaga çiqqan tanişlarim bilan suhbatlarda eşitamanki, ularga jinoyat sodir etildimi, aniqlaş vazifasi qöyilgan. Biroq qaysi yöl bilan ekanligi qiziq emas. Hammasi rejani bajariş uçun bölgan. Şuning uçun köpinça jinoyat qilmagan şaxslarning ham aybdor bölib qolişi hollari aniqlangan.
— Ombudsman faoliyati jazoni ötaş muassasalari bilan bevosita boğliq. Siz taqdim etayotgan hisobotlar va press-reliz orqali ham kuzatiş mumkinki, jazoni ötaş muassasalariga borib ahvolni örganib qaytyapsizlar. Lekin bu vaziyat ijobiy tarafga özgarişiga sabab bölyaptimi?
— 2017 yildan boşlab to bugungaça bölgan özgarişlarni 30-40 yillik reformalar bilan soliştiriş mumkin. Buni jarayonni şaxsan kuzatgan odam sifatida aytişim mumkin. Özgarişlarni saqlanayotgan mahbuslar huquqlari nuqtai nazaridan aytişimiz mumkin. Oldin ular murojaat qiliş bilan boğliq muammolarga duç kelgan bölsa, hozir qonunda belgilandiki, ularning şikoyatlari 24 soat içida vakilga, prokurorga yetib keladi. Ombudsman uçun ham, prokuratura uçun ham muassasada alohida qutilar taşkil qilingan. Va biz ularni faqatgina öz kalitimiz bilan oçamiz.

















