Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 1 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi
2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan:
kunduzgi ta'lim shakliga - 718 097 nafar;
kechki ta'lim shakliga - 13 821 nafar;
sirtqi ta'lim shakliga - 335 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta'lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023