Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
 
16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“16. Respublika hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarning yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatining 80 foizidan kam bo‘lgan taqdirda hamda mahsulotlarga tegishli hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmasligi, shuningdek o‘tkazilgan laboratoriya tahlillarining salbiy natijalari sanitariya-epidemiologik xulosa berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Bu haqida davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi qonun hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda ma'lum qiladi.”.

Quyidagi mazmundagi 16-1 - 16-3-bandlar bilan to‘ldiriladi:

“16-1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan yoki chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazishda, o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasiga ko‘ra, ularni iste'mol qilishga hamda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, sanitariya vrachi tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Bunda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki uni olib keluvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, mahsulot qayerdan keltirilganligi, nomi va turi, og‘irligi, miqdori, to‘plami, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati (qadoqlangan mahsulotlarning idishlari va boshqalar) hamda ushbu mahsulotlar normativ-huquqiy hujjatlarga nomuvofiqligi ko‘rsatiladi.

16-2. Tuzilgan dalolatnoma va hujjatlar to‘plami bosh vrachga taqdim qilinadi. Bosh vrachning ko‘rsatmasi bilan iste'molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotni ishlab chiqarish yoki undan foydalanish yoxud respublikaga import qilishni taqiqlash to‘g‘risida qaror tayyorlanadi.

Quyidagi hollarda mahsulotlarning respublika hududiga kiritilishi taqiqlanadi:

oziq-ovqat mahsulotlarning yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatining 80 foizidan kam bo‘lganda;

oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya komplekslari tomonidan sertifikatlangan bo‘lmasa;

o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;