Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. 

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qiliş tizimini kuçaytiriş va bu borada sanitariya qoidalarini işlab çiqib, me’yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlaştiriş maqsadida:

  • 2025 yil 1 iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyoğlarni aniqlaş uçun zarur jihozlar bilan ta’minlaş çoralari köriladi;
  • 2025 yil 1 avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişda transyoğlardan foydalanişning çeklangan miqdorlarini belgilaş böyiça sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo taşkiloti talablariga muvofiqlaştirilişi ta’minlanadi.

Mazkur bandning sözsiz, sifatli va öz vaqtida ijrosini ta’minlaşga mas’ul etib soğliqni saqlaş vaziri – A.Xudoyorov belgilanadi.