Merkel titroq tutishlardan keyin uzoq muddatli ta'tilga jo‘nashga qaror qildi
Germaniya kansleri Angela Merkel titroq tutishlardan keyin bir oylik ta'tilga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, siyosatchining ta'tili 20 iyuldagi muhim uchrashuvdan keyin boshlanib, 28 kun davom etadi. Taxmin qilinishicha, kansler Alp tog‘larida hordiq chiqaradi.
Bundan tashqari, nashr Merkel ta'tilga o‘zi bilan amerikalik yozuvchi Siri Xustvedtning “Titrayotgan ayol” (The Shaking Woman or A History of My Nerves) kitobini olishidan xabar topdi. Ta'kidlanishicha, muallif o‘z asarida titroq tutishlardan aziyat chekuvchi ayol tarixini bayon qilgan.
Merkelni birinchi marta 18 iyunda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvida davlatlar madhiyalarini tinglash vaqtida titroq tutgan. U bilan shunday holat yana ikki marta takrorlangan.
17 iyulda Merkel 65 yoshni qarshiladi. 2018 yilda u Xristian-demokratik ittifoq partiyasi raisi lavozimidan ketgandi. Siyosatchi kansler sifatida oxirgi muddat ishlayotgani, shundan keyin biror-bir siyosiy lavozimlar egallamoqchi emasligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:39 / 29.04.2024
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
10:00 / 22.04.2024
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
15:50 / 06.04.2024
Rossiya OAV: Rossiyaliklar bahorgi ta’tilini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor
17:47 / 19.03.2024