Özbekistonda mehnat munosabatlarini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi 5 may kuni deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
“Milliy tiklaniş” partiyasi xabariga köra, uşbu qonun loyihasida işli erkaklar farzandli bölganda xotiniga yordam beriş va boşqa farzandlariga qarab turişi uçun qisqa muddatli ta’til beriş belgilanmoqda. Uning miqdori xabarda keltirilmagan. Loyiha bilan amaldagi qonunçilikka bu böyiça özgartiriş va qöşimçalar kiritilyapti.
Bundan taşqari, ta’kidlanganişiça, qonun loyihasi mehnat munosabatlarini rasmiylaştirişni soddalaştiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş hamda xodimlarning huquqlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan.
Xususan, işga qabul qilişda talab etiladigan hujjatlar röyxati qisqartirilmoqda. Taklif etilayotgan tartibga köra, fuqaroni işga qabul qilişda asosan uning şaxsiy identifikatsiya raqami talab etiladi. Harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilar esa harbiy guvohnoma yoxud harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etişi lozim.
Qonun loyihasida mehnat munosabatlarini raqamlaştirişga ham alohida e’tibor qaratilgan. Işga kirişda elektron mehnat daftarçasidan köçirma beriş bekor qilinmoqda. Şuningdek, elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik jihatdan qölda imzolangan hujjatlar bilan tenglaştirilmoqda.
Qonun loyihasida mehnat jarayonida tazyiq va zöravonlikka qarşi kuraşişga doir normalar ham öz aksini topgan. Jumladan, bunday holatlarni taqiqlaş, ularning oldini oliş va jabrlangan xodimlarni himoya qiliş çoralari belgilanmoqda.
Bundan taşqari, iş beruvçi tomonidan iş haqi tölaş muddati buzilgan taqdirda, har bir keçiktirilgan kun uçun pulli kompensatsiya tölaş tartibi aniqlaştirilmoqda.
Muhokamalardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.

















