Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
297 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan sport ozuqalari noqonuniy saqlanayotganligi fosh etildi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi fuqaro M.Sh.ga tegishli xonadon belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, ushbu shaxs o‘z uyida jami 72 turdagi umumiy qiymati 297 million so‘mlik sport ozuqalarini noqonuniy saqlab kelayotgani fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026