Jahon | 23:00 / 22.07.2019
18710
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalarni issiqda mashinada yolg‘iz qoldirish mumkinmasligi antiqa yo‘l bilan tushuntirildi

Foto: Twitter /NWSOmaha

AQShning Nebraska shtati milliy meteorologiya xizmati bolalar va hayvonlarni nima uchun mashinada yolg‘iz qoldirib ketmaslik kerakligini ko‘rgazmali tarzda tushuntirishga qaror qildi. Buning uchun mashinaning old oynasi ostiga patnisda pechene xamiri qo‘yildi. Sakkiz soat o‘tgach pechene tayyor holga kelgan.

45 daqiqa o‘tgach xamir ko‘tarilishni boshlagan. Bir soatdan so‘ng patnisning harorati 79 darajaga yetgan, pechene esa 67 darajagacha qizigan. Avtomobilning hattoki quyosh tushmaydigan joylari, misol uchun mashinada qoldirib ketilgan bolalar o‘tirishi mumkin bo‘lgan orqa o‘rindiqlar 48 darajagacha qizib ketgan. 

Taxminan 6 soatdan so‘ng mashina quyosh nuri uning old oynasiga tushadigan qilib surib qo‘yildi va tajriba davom ettirildi. Bu vaqtga kelib pechenelar qizarishga ulgurib, orqa o‘rindiqning harorati 63 darajagacha ko‘tarilgan. 8 soatdan so‘ng pishiriq butunlay tayyor holatga kelgan, patnis esa 85 darajagacha qizigan. 

So‘nggi haftalarda Amerikaning g‘arbiy va shimoli-sharqiy hududlarida anomal issiq harorat o‘rnatilib, harorat 38 darajagacha yetmoqda. Shunga qaramay, AQSh hududida yiliga bolalar mashinalarda qoldirib ketilishi sababli o‘rtacha 38 bola o‘limi qayd qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid