Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Japan Mobility Show 2025 körgazmasida noodatiy avtomobilni taqdim etdi. Yangi model IMV Origin deb nomlanadi va u oddiy maşinadan farqli ravişda yiğma konstruktor tarzida işlab çiqilgan.
IMV Origin zavodda faqat 70 foizgaça tayyorlanadi. Qolgan qismini esa xaridor özi töldiradi: xohlasa pikap, xohlasa kiçik furgon yoki hatto mikroavtobusga aylantiradi. Toyota bunday ğoya orqali har bir foydalanuvçiga öz ehtiyojiga mos maşinani yaratiş imkonini bermoqçi.
Maşina oddiy va oçiq dizaynga ega — bitta örindiqli kabina, eşik va oynalarsiz, orqa tomoni esa yassi platforma bölib, turli yuklar yoki moslamalarni joylaştiriş uçun möljallangan.

Toyota bu modelni Afrikaning uzoq va notekis hududlari uçun işlab çiqmoqda. Çunki bu joylarda yöllar yomon, ehtiyot qismlar topiş qiyin va elektr zaryad stansiyalari deyarli yöq. Şu sababli IMV Origin benzin yoki dizel dvigatel bilan çiqişi kutilmoqda.

Toyota bundan avval Woven City loyihasini ham taqdim etgan edi — bu sun’iy intellekt va robotlar boşqaradigan “aqlli şahar”. Endi esa IMV Origin orqali kompaniya kelajak texnologiyasini oddiy odamlar hayotiga yaqinlaştirmoqda.











