Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rindiq ostiga yashirilgan xotira kartalari fosh etildi
Bojxona xodimlari respublikaga telefon xotira kartalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi.
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Pop” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.X. boshqaruvidagi “Opel astra” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, uning orqa o‘rindig‘i hamda yukxona qismiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 8,5 million so‘mlik 350 dona turli o‘lchamdagi telefon xotira kartalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026