Qişloqda tuğilib ösganman. SSSR qişloq xöjaligi davrini kördim, mustaqillikdan keyin şakllantirilgan qişloq xöjaligini kördim, endi, mana, Şavkat Mirziyoyev boşlab bergan yangilaniş davrini köryapman va bu davrlar orasida farqlarni kuzatişga urinyapman. Men siz öquvçiga bugun öz mahallam hayoti misolida davrlar almaşişi qişloq hayotini va qişloq xöjaligini qay tarza özgartirgani haqida aytib bermoqçiman.
Sobiq SSSR
Xususiy mulkçilikka tiş-tirnoği bilan qarşi turgan SSSR tuzumi, tabiiyki, qişloq xöjaligini ham öz qolipiga solgan edi — hammasi davlat tomonidan belgilanadigan rejaga muvofiq yuritilar, «bizga bunça kartoşka kerak, bunça non zarur», deb yuqoridan belgilanar va öşa reja bajarilar edi. Ammo hatto öşa SSSR tuzumi ustida turganlar ham bir payt kelib qişloq xöjaligada xususiy mulkçiliksiz işlar bitmasligini anglab, xususiy tomorqaçilikka örin berişdi. Buning natijasida, masalan, bir paytlar (SSSR davrida) mahalladoşlarim har yili sal kam yoppasiga karam ekişar va «zagotkontora»ga topşirib, daromad olişar edi. Yana, masalan, SSSR paytidayoq biz tomonlarda kamdan-kam odam göştni magazindan sotib olardi — qassobxonalarni göşt bilan aynan uylarda (tomorqalarda) mol boquvçilar ta'minlaşar edi. Ya'ni, xususiy sektor hatto SSSRning oğirini yengil qilib turgan. Ammo asosiy uluş davlat izmida edi.
Salkam hamma narsasi davlatniki, ya'ni narsalarining tayinli egasi bölmagan SSSRda talon-torojliklar oldini oliş borgan sayin qiyinlaşib boraverdi. Zero, nazoratçi idoralarning özi sekin-asta öğrilikka mubtalo böldi. Kamçiliklarni oşkor qiliş SSSR tuzumida öta qiyin keçgani bois tuzum öz-özini tuzata olmadi va... oxir-oqibat SSSR quladi.
Mustaqillik
1991 yil. Parçalangan «ittifoq» açinarli manzarani hosil qilgan edi — çilparçin bölgan iqtisodiy aloqalar mustaqil davlatlarni salkam oçarçilik yoqasiga olib kelib qöydi. Oçarçilik esa ommaviy noroziliklarga olib kelişi mumkin edi. Şunday paytda Özbekistonni oçarçilikdan (ommaviy norozilikdan deb aytsak ham böladi) millionlab qişloq oilalariga tomorqa uçastkalari berilgani qutqarib qoldi — millionlab qişloq odamlari özlarini tomorqalarga urişdi, bozorlar mahsulotga töldi, minglab tonna meva-sabzavot (asosan sobiq sovet respublikalariga) sotildi. Mamlakat qiyin ahvoldan çiqib oldi.
Ya'niki, yerni odamlarga erkin foydalanişga beriş – töğri, samarali yöl ekan. Biz uçun muhim xulosa şu. Ammo, qiyin ahvoldan ötib olingandan keyin, mazkur xulosa çetda qolib ketdi – qişloq xöjaligida xususiy mulkçilikni şakllantirişdan voz keçildi. Buni 1921 yilda bolşeviklar hukumati qöllagan usul — NEP (novaya ekonomiçeskaya politika)ga qiyoslasa böladi. Iqtisodiy tanglikdan çiqib ketiş uçun sovet hokimiyati öşanda aholining moddiy manfaatga intiliş omilidan foydalangan — xususiy mulkçilikka erkinlik bergan edi. Tanglikdan çiqib ketib, işlar önglangandan söng esa bundan voz keçilgan edi.
Mavzuga oid
Mustaqillikning ilk yillarida Özbekiston rahbariyati oldida muhim masala gavdalandi — kolxozlarni isloh qiliş.
Kolxozlar
Qişloq xöjaligida 70 yil hukm surgan kolxoz tizimi bozor iqtisodiyotiga zidligi bois uni isloh qiliş, moddiy manfaatdorlikka suyangan yangi tizimni yuzaga keltiriş, qişloq xöjaligida ega hissini şakllantiriş, qişloqlarimizda milliondan oşiq erkin dehqonlardan iborat yangi formatsiyani yuzaga keltiriş mumkin böldi. Aynan şu tarzda Özbekiston özida yuqori samarali agrar sektorni barpo qilişi mumkin edi. Biroq bu yöldan borilmadi.
«Kolxoz» nomiga barham berilgani bilan, kolxozning asl mohiyati saqlab qolindi — qişloq xöjaligini davlat rejasi bilan yuritiş prinsipi. Avvaliga kolxoz yerlari davlat rejasiga asosan paxta va buğdoy yetiştirişga safarbar etilgan oilaviy şirkatlarga bölib berildi. Keyin boşqaruvni osonlaştiriş maqsadida yirik xöjaliklar — fermerçilik taşkil qilindi. Luğatga murojat etib, «fermer» sözining butun dunyodagi ta'rifini öqiymiz:
«Fermer — xususiy yoki ijaraga olgan yerida bozor talabiga qarab özining mustaqil qişloq xöjalik faoliyatini yurituvçi tadbirkor»
Ta'rifdan körinib turibdiki, aslida fermer bu avvalo — tadbirkor. Ya'ni işlarini tabdir bilan yurituvçi mustaqil tadbirkorlik sub'yekti. Bizda esa «fermerçilik» deb erkin qaror qabul qila olmaydigan, davlat buyurtmasini bajaruvçi sinf yuzaga keltirildi. Şu sabab quyida «fermer» sözini qöştirnoq içiga olib yozamiz.
«Fermer»çilik qanday joriy böldi?
Yöl-yölakay fermerçilik qanday yölga qöyilgani haqida biroz. «Fermer» bölişni istaganlar uçun konkurs e'lon qilindi, da'vogarlarga qöyiladigan şartlar aytildi. Keyin köplab «qiziqarli», ammo avvaldan başorat etiş mumkin bölgan «oddiy» işlar yuz berdi. Yerlar faqat öz işining ustasi – yerda işlaşni biladiganlarga berildi, desak, töğri gapni aytmagan bölamiz, zero, jarayon korrupsiya va taniş-bilişçilik, oşna-oğayniçilik muhitida ötdi. Eh-he, «kampaniya» qiziğida nimalar bölmadi, deysiz...
Mahallamda yaşovçi bir qança «şirkatçi» dehqon oilalarning kiçik yerlari olinib, öşa — yangi tuzilgan «fermer»larga berildi — önlab oilalar davlat buyurtmasi bilan bölsa-da, yuritib turgan yerlar bitta «fermer»ga ötdi. Natijada, mahallamda köplab oilalar işsiz qoldi. Keyinroq yanada «yiriklaştiriş» bölib ötdi — bir neçta «fermer»ning yeri «ixtiyoriy-majburiy» tarzda bitta, kattaroq «fermer»ga olib berildi. Yana qançadan-qança odam işsiz qoldi.
Yeriga, yetiştirgan mahsulotiga, bankdagi puliga ega bölolmaslik, paxta va buğdoy ekiş majburiyati, tinimsiz yiğilişlar, tortib olişlar, haqoratlar eşitiş va ba'zida muşt va tepki yeyiş — bular «fermer»çiligimizning eng «yorqin» tomonlari. Umuman olganda, «fermer»çiligimiz odamlarni mislsiz sarson qilişdan iborat böldi.
Fermer qanday bölişi kerak?
Avvalo, dunyo xaritasining biror nuqtasida bizda bölganidek fermerçilik yöq — davlat rejasi böyiça yerga işlov beradigan toifa «fermer» deb heç bir yerda atalmaydi. Hali aytganimizdek, «fermer» deb qarorlarni özi qabul qiladigan mustaqil dehqon-tadbirkorga aytiladi. Va aynan şu omil — fermerning mustaqilligi qişloq xöjaligi samaradorligining boş omili deb qaraladi, zero, mustaqil fermergina yerga mehrini beradi, izlanadi, yerining har bir qariçidan foyda olişga urinadi.
Yerdan yaxşi foyda olayotgan rivojlangan davlatlarga qaraydigan bölsak, barçasida mustaqil fermerni — bozor kon'yunkturasiga qarab nima yetiştirişni özi belgilaydigan fermerga duç kelamiz. Işlov beriladigan yeri Özbekistonnikidan önlab barobar kam bölgan, ammo qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça dunyoda birinçi örinlarni egallab turgan davlatlarda ham faqat va faqat mustaqil fermerlarni körasiz.
Mening mahallam
Keling, endi men tuğilib ösgan mahalla misolida qişloq xöjaligimiz qanday yölga qöyilgani haqida biroz fikr yuritsak. Mahallamda:
1. 400ga yaqin oila yaşaydi.
2. 700 gektarga yaqin ekin yerlar bor.
Mahallamdagi mazkur 700 gektarda yerda hozir, şartli ravişda, yetti «fermer» faoliyat yuritadi, hali aytganimizdek – davlat buyurtmasiga binoan paxta va buğdoy yetiştiradi. Bu «fermer»lar yerga mehrini beryapti, deb ham aytiş qiyin. Çunki fermer nima ekişni va boşqa tasarruflarni özi hal qilolmaydigan, bir amallab davlat rejasini ötab berayotgan zörma-zöraki «fermer»dir.
Demak, bir tomonda 700 gektar ovora qilinayotgan, eski SSSRdan qolib ketgan uslubda işlatilayotgan yerlar, ikkinçi tarafda toğni ursa talqon qiladigan, yerda işlaşning «közini öyadigan», ammo bola-çaqasini ovora qilib, özi çet elda işlab yurgan, özga iqtisodiyotga xizmat qilib kelayotgan yoş oila boşliqlari...
Zörma-zörakilikning zararlari
Mahallamning yerlari — yiliga uç marta hosil olsa böladigan yerlar. Asl dehqondan sörasangiz bunday yerlarda hozirgidek paxta va buğdoyni emas, boşqa mahsulotlarni yetiştiriş kerakligini, paxta va buğdoydan köra ön barobar köproq foyda oliş mumkinligini aytadi. Zörma-zörakilik va davlat tomonidan belgilanadigan rejaga suyanadigan eskiça tizim esa na yerning sifatini, na bozor kon'yunkturasini, na dehqon qöllarining serobligini, dehqon yerdan erkin foydalansagina tom ma'noda samara hosil bölişi kabi faktorlarni hisobga oladi.
Mahallam yoşlari haqida yana bir bor
Mahallamdagi köpçilik oilalar — yoş oilalar. Yoş oila boşliqlari esa, hali aytganimdek, aksar yerda işlaşni biladigan, yerni tuşunadigan, qanday yerda nima yetiştirişni biladigan, ozroq yer berib, nima qilişni öziga topşirsangiz, yerni gullatadigan yoşlar. Çunki ular bir yili bölmasa ikkinçi yili ijaraga yer olib ekin ekib kelişyapti. Faqat...
Şu desangiz, bu dehqonçilik tuşmagur şu paytgaça turgan-bitgani qimor bölib keldi — bir marta, omadingiz çopib, foyda qilsangiz, boşqa yili «tuşib» qolasiz. Çunki «çegara» degan sun'iy omil bor – mahsulot eksporti uçun yöllar bir yil oçiq tursa, ikkinçi yil yopilib qoladi va mahsulotingiz suv tekin bölib ketadi. Aynan şu omil sabab qişloq ahlining dehqonçilik qiliş istagi yildan yilga birmunça talafot körib kelyapti. Zero, bor-budingizni tikib, dehqonçilik qilsangizu, «tuşib» qolsangiz hafsalangiz pir böladi-da! Ötgan yili, masalan, aynan şunday sun'iy omil sabab Surxondaryoda maşaqqat bilan, minglab gektar yer maydonida yetiştirilgan piyoz pişgan joyida şundoq yerda qolib ketdi...
Yaxşiyamki, joriy yilda qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti sohasi liberallaştirildi va işlar örniga tuşyapti.
Endi savol: Özbekistonda yer töğri tasarruf qilinyaptimi? Bu haqda keyingi çiqişimizda suhbatlaşamiz.
Şokir ŞARIPOV.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi