O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi aholi tomorqasida mahsulot yetishtirishni tashkil qiladi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi.

«Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish bo‘yicha:
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;
- Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini o‘rganadi.
2. Dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha:
- ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;
- dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
Sport | 10:12
-
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
Sport | 09:17
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
Mavzuga oid

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

14:53 / 31.03.2025