“Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

2024 yil 30 dekabr kuni imzolangan qarorga muvofiq, dala chetlarida, aholi tomorqalarida, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldida, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tartibi joriy etiladi.

Sanab o‘tilgan joylarda mahsulot yetishtirish, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishni tashkil qilish vazifasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga (O‘KHA) yuklatildi.

Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini o‘rganadi.

Suv xo‘jaligi vazirligi tegishli dala chetlarida suv ta’minoti mavjudligi va ushbu yerlarga ekin ekilishi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmasligi yuzasidan, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi esa tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, meva va uzum navlari yuzasidan xulosalarni O‘KHAga taqdim etadi.

Oltiariq tumani / Foto: Kun.uz

Agentlik har yili 1 yanvarga qadar talabni hisobga olgan holda, shuningdek, har bir tuman va mahallaning iqlim sharoitidan, bu yerdagi aholining tajribasidan kelib chiqib, ekin turlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taklif beradi. O‘simliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari har bir qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga alohida biriktiriladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga dala chetlarini