IIBB: Jomiy bozori atrofidagi yo‘llar tartibga keltirildi
18 iyul kuni «IIBB: Xalq bilan muloqot» guruhiga «Alex Montana» ismli foydalanuvchi murojaat qilgan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.
U Jomiy bozori yaqinidagi yo‘llarni tartibga keltirish yuzasidan choralar ko‘rish haqida so‘ragan.
- Jomiy qurilish bozori yaqinidagi yo‘llarni tartibga keltirish bo‘yicha choralar ko‘rishingizni so‘rayman. Nima uchun u yerda avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimi o‘rnatilmaydi? Ba'zida u yerdan o‘tib ketish juda qiyin, avtomobillarni xohlagan joylarida qoldirishadi, - deya yozgan u.
O‘z navbatida, boshqa foydalanuvchilar ham murojaat muallifini qo‘llab-quvvatlashgan.
IIBB ma'lum qilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. 22 iyul kunidan Olmazor tumanidagi Jomiy qurilish bozori atrofidagi yo‘llar YPX inspektorlari tomonidan nazoratga olindi. Tirbandliklar to‘liq bartaraf etilib, transport vositalarining erkin harakati ta'minlandi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Avtomatlashtirilgan kameralarni o‘rnatish bilan bog‘liq murojaat ham e'tiborga olindi va tez orada ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi
17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
23:51 / 24.02.2021