Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raddiya – Davlat test markaziga oid maqola bo‘yicha
2018 yil 22 sentabr kuni Kun.uz internet nashrida Zafarbek Solijonov muallifligida «Davlat test markazi sudda yutqazdi. Endi abituriyent talaba bo‘la oladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Ushbu maqola Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Muxlisa Axmadullayevaning Namangan Davlat universiteti «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi»ga o‘tkazilgan imtihonlar natijalaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatiga asosan o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruvi yakunlariga ko‘ra nashr qilingan edi.
Maqolada arizachining Davlat test markazi xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi shikoyati Sergeli tuman ma'muriy sudining 2018 yilning 19 iyuldagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgani, Davlat test markazi tomonidan taqdim qilingan savollar kitobi va javoblar varaqasi haqiqiy emas deb topilgani hamda Davlat test markazi zimmasiga shikoyatni qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklatilgani haqida so‘z yuritilgan.
Maqola e'lon qilingandan so‘ng mazkur masala tegishli tergov organi tomonidan o‘rganib chiqilib, tergov va surishtiruv harakatlari natijasida abituriyent Axmadullayeva Muxlisaga tegishli test materiallari soxtalashtirilmagani, test materiallaridagi yozuvlar aynan M.Axmadullayeva tomonidan bajarilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, yuqori turuvchi sud instansiyasi tomonidan Sergeli tuman ma'muriy sudining 2018 yilning 19 iyuldagi hal qiluv qarori bekor qilinib, ma'muriy ish yangidan ko‘rilishi uchun tuman ma'muriy sudiga qaytarilgan. M.Axmadullayeva sud tomonidan tegishli tartibda ogohlantirilishiga qaramasdan sud majlisiga kelmagan. Arizachi M.Axmadullayeva sud majlisiga kelib o‘z arizasini quvvatlamagani sababli ma'muriy ishni ko‘rish tugatilgan.
Ushbu holatdan ko‘rinadiki, M.Axmadullayevaning unga tegishli test materiallarining soxtalashtirilgani, test materiallaridagi yozuvlar u tomonidan bajarilmagani haqidagi vajlari asossiz ekani aniqlangan.
Shunga ko‘ra, kun.uz sahifasidagi M.Axmadullayevaning murojaati bo‘yicha chiqarilgan maqola, jiddiy jurnalistik tekshiruv amalga oshirilmasdan, holat atroflicha o‘rganilmasdan, ushbu masala bo‘yicha Davlat test markazining fikr-mulohazalari tinglanmasdan e'lon qilinganini inobatga olib, tahririyat Davlat test markazi rahbariyati va jamoasidan rasman uzr so‘raydi.
Kun.uz sayti Davlat test markazi bilan muntazam hamkorlikka umid bildirib qoladi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
O‘zbekiston | 08:53
-
So‘rovnoma: nemislarni eng ko‘p migratsiya va iqtisod tashvishlantiryapti
Jahon | 08:52
-
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 08:51
-
Politico: Joli Ukrainaga tashrifini oldindan bildirmagan, chegaradan piyoda o‘tgan
Jahon | 08:48
Mavzuga oid
12:11 / 25.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
13:02 / 21.08.2024
Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi
16:14 / 05.05.2023
Qabul boshlanishiga 1,5 oy qoldi – bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti?
18:26 / 27.03.2023