Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Klichkoni lavozimidan bo‘shatishni talab qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy vazirlar mahkamasidan Kiyev meri Vitaliy Klichkoni Kiyev shahar davlat ma'muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatishni so‘radi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri matbuot kotibi Vasiliy Ryabchuk ma'lum qilgan.
23 iyulda sobiq bokschi Ukraina davlat tergovlar byurosiga 26 iyulga so‘roqqa chaqirtirilgan. Ukraina OAVning xabar berishicha, Klichkoga nisbatan yer bilan bog‘liq firibgarliklar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Klichkoning o‘zi barcha gumonlarni rad etgan va jinoiy ish ochilgani haqidagi xabarlarni “bo‘rttirilgan safsata” deb atagan. Uning ta'kidlashicha, u poytaxt meri sifatida “huquq doirasidagina harakat qiladi”.
Klichko Kiyev meri lavozimiga 2014 yil 25 mayda saylangan.
Avvalroq Zelenskiy Klichkoni Kiyev shahar davlat ma'muriyati rahbari lavozimidan olib, uning o‘rniga o‘z tarafdorini tayinlamoqchiligi ma'lum qilingan. Ayni vaqtda Zelenskiy jamoasida ikki kishi ushbu lavozimni egallash uchun da'vogarlar sifatida ko‘rilmoqda, bular: “1+1 media” xoldingi bosh direktori Aleksandr Tkachenko va tadbirkor Andrey Xolodov.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
20:57 / 02.07.2026