“Ukrainskaya pravda”ning yozişiça, Zelenskiy Zalujniy bilan uçraşuvda: “Agar kuzda saylov bölsa, nomzodingni qöyasanmi?” degan savoliga “ha” degan javobni olgan. Ayrim sörovlar sobiq boş qömondonga nisbatan işonç darajasi 70 foizdan oşiqligini körsatmoqda. Mavzu Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida muhokama markazida böldi.

Kamoliddin Rabbimov: Hozir Ukraina prezidenti favqulodda holat şaroitida davlatni boşqarmoqda. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil may oyida ötkazilişi kerak edi. Ammo Ukraina qonunçiligi uruş davrida saylov ötkazişni taqiqlaydi.

Bugungi kunda Ukraina rahbariyati saylov ötkaziş masalasini muhokama qilmoqda. Siyosiy nuqtayi nazardan qaraganda, amaldagi prezident Volodimir Zelenskiy uruş davrida mamlakat mustaqilligini himoya qilgan yetakçi sifatida tarixda ijobiy nom qoldirişni istaydi. Şu bilan birga, u saylovlarda mağlub bölmagan lider sifatida qolişni ham közlaydi. Konstitutsiyaga köra, u ikkinçi bor prezidentlikka nomzodini qöyişga haqli.

Turli manbalarga, jumladan Ğarb va boşqa xalqaro matbuotdagi xabarlarga köra, Ukraina hukumati joriy yil kuzida prezidentlik saylovlarini ötkaziş imkoniyatini körib çiqmoqda. Buning asosiy maqsadi – davlat hokimiyatining legitimligini xalqaro maydonda yanada mustahkamlaşdir. Şu orqali Rossiyaning “Ukraina hokimiyati nolegitim” degan asosiy siyosiy da’volaridan biri zaiflaştiriladi.

Uruş davom etayotganiga qaramay, Ukrainada ijtimoiy sörovlar muntazam ötkazilmoqda. Uşbu sörovlarga köra, hozirgi paytda Zelenskiyning reytingi nisbatan yuqori – taxminan 38 foiz atrofida. Biroq bu körsatkiç birinçi turdayoq ğalaba qozoniş uçun yetarli emas, çunki buning uçun 50 foizdan ortiq ovoz talab etiladi. Demak, saylovlar ikkinçi bosqiçga ötişi ehtimoli katta.

Sörovlar natijalariga köra, Valeriy Zalujniy – ikkinçi turga çiqişi mumkin bölgan asosiy nomzodlardan biri. Ayni paytda u diplomatik lavozimda faoliyat yuritib, prezidentga böysunadi va Ukraina manfaatlarini xalqaro maydonda ifodalaydi. Ammo saylov kampaniyasi boşlanişi bilan siyosiy “öyin qoidalari” özgaradi: Zalujniy mustaqil nomzod sifatida çiqib, amaldagi hokimiyatni tanqid qilişi mumkin.

Hozirda Zalujniy jamiyatda asosan harbiy qahramon sifatida qabul qilinadi. Ammo u siyosiy maydonga faol kirib, hukumatning xatolarini oçiq tanqid qila boşlasa, jamoatçilik fikri sezilarli darajada özgarişi ehtimoli bor. Şu sababli Zelenskiy uçun saylov ötkaziş masalasi nafaqat huquqiy, balki strategik va siyosiy jihatdan ham murakkab qaror bölib qolmoqda.