Quyidagi harakatlarni takrorlang va hech qaysi auditoriya sizning chiqishingizni o‘tkazib yubormaydi.

1. Harakat

Tasavvur qiling, siz kimnidir muttasil ravishda devordagi bir nuqtaga qarab turishga majbur qilmoqchisiz. Amaliy jihatdan buning iloji yo‘q: bizning ko‘zlarimiz doimiy ravishda u narsadan bu narsaga o‘tib, qimirlab turishni istaydi. Nigohni bir joyda ushlab turishga urinish esa, katta ehtimol bilan, uyquni keltiradi, xolos.

Diqqatni tortish uchun harakat zarur. Xuddi to‘g‘ri ma'nodagidek — auditoriya yoki sahna bo‘ylab yurish va ko‘chma ma'nodagi kabi — bir mavzudan ikkinchi mavzuga o‘tish. Hattoki mavhum narsalar haqida so‘z boradigan aynan bir savol ustida ancha vaqt to‘xtalib qolishga to‘g‘ri kelsa ham, hayotiy misollar bilan nutqingizni boyitib boring. Shunda sizni tinglash yengilroq bo‘ladi.

2. Kutilmagan tasodif

Qayta-qayta takrorlanuvchi voqealar bizni zeriktiradi. Bir xil hodisalarni gapiraveradigan odamlar yoki bizga allaqachon ma'lum ayni dalillardan so‘zlovchi siyosatchilar diqqatni ulardan boshqa bir narsaga qaratish xohishini uyg‘otishadi.

Sizni qiziqish bilan qarshi olishlari uchun sirlarga ham joy qoldiring. Voqealar ketma-ketligini o‘zgartirib bayon eting va shu orqali eshituvchi jarayon davomini taxmin qilishga urinsin. Uzoqdan boshlang, bir vaqtda sodir bo‘lgan noodatiy narsani qo‘shing, bir maromda so‘zlayotganday taassurot paydo bo‘lishi bilan keskin burilish qiling va mazmunni o‘zgartiring.

Nutqingizni ko‘zdan kechira turib, tinglovchi har safar sizdan aynan nimani eshitishni xohlashini taxmin qilib oling — va kutilgan ma'lumotni taqdim eting.

3. Tayyorlangan harakat

Ommaviy nutqda muhim narsalardan biri bu ma'ruzachining xatti-harakatidir. Jo‘shqinliksiz ko‘zlarni yerdan uzmay, eshituvchilardan o‘zingizni yashirganday ishtiyoqsiz gapirsangiz, tomoshabinlar ham xuddi shuni takrorlashadi - zerikishadi va tezroq tugatishingizni xohlashadi.

Tinglovchilarda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otishni xohlayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring va shunga muvofiq harakat qiling. Agar sizga odamlar fikrlari oqimi kerak bo‘lsa, ularga bosim bilan aloqa qiling. Qiziqish va quvonchli ishtiyoqni kutayotgan bo‘lsangiz, ochiq va g‘ayrat bilan gapirishga harakat qilishingiz lozim. Tomoshabin qanday ko‘rsa shunday javob qaytaradi - bu qoida spektakllar sohasida ham ish beradi.