Toşkent şahrida yangi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining birinçi taşkiliy majlisi öz işini davom ettirmoqda.

Majlisga raislik qiliş vakolati Reglamentga asosan Qonunçilik palatasining yangi saylangan Spikeriga ötdi va Nuriddin Ismoilov majlisni olib borişni davom ettirdi. 

“Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Reglamenti töğrisida”gi Qonunga muvofiq Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengaşining tavsiyasiga asosan Qonunçilik palatasi tomonidan saylanadi. 

Uşbu Qonunga köra Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosarlari soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oşmasligi kerakligi belgilangan. 

Siyosiy partiyalar vakillari kengaşi qarorini Siyosiy partiyalar vakillari kengaşi raisi Aktam Xayitov öqib eşittirdi. 

Unga köra, ÖzLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xöjayeva Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari etib körsatildi va ovoz beriş yöli orqali saylandi. 

Foto: ÖzA

Şundan söng, ÖzLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimovni Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari etib körsatildi va ovoz beriş yöli orqali saylandi. 

Foto: ÖzA