Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand bosh vaziri hukumat dasturini qog‘ozdan o‘qib berishga majbur bo‘ldi
Foto: BBC
Muxolifat deputatlari Tailand bosh vaziri general Prayut Chan-Ochani o‘z hukumati dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda uni qog‘ozdan, so‘zma-so‘z o‘qishga majburlashdi.
Tailandning yangi hukumati to‘rt yillik vakolat muddati uchun o‘z dasturini parlament muhokamasiga taqdim etgan yig‘ilish payshanba kuni ertalab boshlandi. Thai PBS davlat telekanali tadbirni jonli efirda ko‘rsatmoqda.
Bosh vazir Chan-Ocha tribunaga ko‘tarilib odatiy tarzda, 2014 yildan 2019 yilgacha o‘zi boshqargan harbiy hukumat hukmronligi davrida barcha milliy telekanallarda namoyish etilgan nutqlari kabi so‘zlay boshlagan. Vazirlar Mahkamasi rahbari dastur mazmunini oldindan deputatlar va senatorlarga tarqatilgan matnga ko‘ra emas, balki o‘z so‘zlari bilan, ko‘plab tushuntirish misollari va mavzudan chekinishlar bilan bayon qildi. Tailand parlamenti quyi palatasida deyarli yarim tarkibni tashkil etuvchi muxolif deputatlar dasturni bayon etishning bunday uslubiga qarshi chiqishdi.
Muxolif deputatlardan biri norozilik nutqida bosh vazirga «harbiy qism qo‘mondonligi majlisida boshliqlarning buyruqlarini tushuntirishda yaxshi» bo‘lgan bunday nutq uslubidan voz kechish hamda matnni avval tarqatilgan hujjat bo‘yicha o‘qishni boshlashni tavsiya qilib, aks holda ushbu hujjat bo‘yicha munozaralar «parlamentda xaos keltirib chiqarishi mumkinligi»ni bildirdi.
Parlament quyi palatasi spikeri va Tailand parlamenti rahbari, sobiq bosh vazir Chuan Likpxay muxolifat fikriga qo‘shildi hamda yangi vazirlar mahkamasi rahbariga hujjatni qog‘ozdan o‘qishni davom ettirish taklifi bilan chiqdi.
Mavzuga oid
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
11:03 / 19.03.2026