«Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» OAV bilan matbuot anjumani tashkil qildi
“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasida OAV vakillari bilan sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida korxona mutasaddilariga jurnalistlarning energetika tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha berilgan bir qator savollariga javob olindi.
“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” tomonidan 2019 yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 0,4-110 kVt.li elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta'mirlash yillik rejasi 1 211,4 bo‘lib amalda 1 006,1 km.ga yoki 83 foizga bajarildi. 113ta transformator punkti yangi qurildi, rekonstruksiya qilindi. 2445ta transformator punktlaridan 1604tasi joriy ta'mirlandi. Natijada 162 870ta aholi xonadonlari, shu hududdagi ijtimoiy soha obektlari va tadbirkorlik sub'yektlarining elektr ta'minoti yaxshilandi.
Namangan shahrida 127 ming 565 ta aholi xonadonlarining elektr hisoblagichlarini EHNAT (ASKUE) tizimiga ulash uchun 106 970ta zamonaviy elektron hisoblagichga almashtirildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot anjumanida OAV xodimlari joylarda aholi vakillari hamda tadbirkorlar tomonidan energetika sohasiga oid jurnalistlarga beriladigan savollarni mutasaddilarga berdilar. Bir so‘z bilan aytganda muloqot har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ldi.
Elmurod Ermatov
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024