Ma’lum bo‘lishicha, yuriskonsult joriy yilning 1 may kuni so‘ralgan mablag‘ning 500 AQSh dollarini olgan. Keyinchalik esa DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qolgan 4500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlangan.