Yer qa'rida qancha olmos borligini bilasizmi – 1 000 000 000 000 000 tonna
Dunyoning eng qimmatbaho toshi – olmos Yer sayyorasida qancha bo‘lishi mumkin? Masachusets Texnologiya institutining ta'kidlashicha, bu boradagi asl raqamlar o‘ylanganidan ming karra ko‘proqdir.
Fanlararo tadqiqot jamoasi Yer qa'rida qancha olmos borligini aniqlash maqsadida zilzilalarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan texnologiyadan foydalanishga qaror qilgan. Uning natijasiga ko‘ra, taxmin qilish mumkinki, sayyora qa'rida kvadrillion tonna olmos yotibdi.
1 000 000 000 000 000 – bu bir trilliondan ming marta ko‘p demakdir. Biroq, tadqiqotchilar, olmoslar to‘kin-sochin bo‘lib ketishini kutish noto‘g‘ri ekanini aytishmoqda. Nega deganda, olmos konlari bugungi konchilik mashinasozligi imkoniyatidan ancha chuqurlikda, Yer yuzasidan 144-240 km.da joylashgan.
Misol uchun, dunyoning ikkinchi eng yirik olmos koni bo‘lgan Rossiyadagi «Mir» olmos konining chuqurligi 550 metr atrofida.
Tadqiqotchilar qanday qilib, bunday to‘xtamga kelishdi?
Zilzilani o‘lchash texnologiyasi tovush to‘lqinlaridan foydalanadi, chunki tovush tezligi o‘zlari kesib o‘tayotgan Yer qa'ri tuzilmalarining zichligi, harorati va tarkibidan kelib chiqqan holda o‘zgaradi.
Yer tubida kratonlar, ya'ni tog‘larning teskarisi kabi ulkan qoyatoshlar bo‘lib, ular odatda sovuqroq bo‘lib, qurshab turgan cho‘qqilarga qaraganda tovushni tezroq o‘tkazadi.
Ammo, olimlar, tovush kratonlar ildizidan o‘tganida yanada tezroq o‘tganini qayd etishgan. Shundan so‘ng, ular virtual cho‘qqilarning turli materiallardan yasalgan 3D modelini yasashgan va tovushni o‘tkazishgan.
Tovush olmos qatlamlariddan cho‘qqilarga qaraganda ikki karra tezroq o‘tadi, shunga ko‘ra, tadqiqotchilar jamoasi kratonlar tarkibida olmossimon massa bo‘lishini taxmin qilishdi. «Olmoslar mos keladi, chunki ular birmuncha zichroq», - degan MTI Yer, atmosfera va sayyoralar fanlari departamenti tadqiqotchisi Ulrich Faul.
Uning aytishicha, kratonlar ostida olmoslar bo‘lishi haqiqatga yaqinligi u yerdagi tabiiy sharoitning olmos hosil bo‘lishiga yaqinligidir. Ma'lumki, olmoslar o‘ta katta bosim va yuqori harorati mujassam bo‘lgan joyda hosil bo‘ladi. Zargarlik taqinchoqlarini bezaydigan olmoslar esa, vulqonlar otilishi va zilzilalar tufayli yerning yuqori qatlamiga chiqadi.
Mavzuga oid
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot
11:29 / 09.12.2024