Jamiyat | 10:30 / 27.07.2019
5477
5 daqiqa o‘qiladi

«Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» jurnalist va blogerlar bilan matbuot anjumani o‘tkazdi

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” jamiyati respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Unda jamiyatning mas'ul mutasaddilari - ekspluatatsiya va texnik masalalar bo‘yicha direktori B.Obidov, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori M.Xodjimatov, umumiy masalalar bo‘yicha direktor A.Erqulov va xizmat xodimlari tomonidan energetika tizimi bo‘layotgan o‘zgarishlar, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4249–son qarorini mohiyati va talablari, qarorga muvofiq tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati va vazifalari ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.     

 Ma'lumki, o‘zbek energetika tarkibida 3 ta mustaqil ish olib boruvchi sub'yektlardan iborat korxonalar tashkil etildi:          

1. Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik energiyasi ishlab chiquvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning asosiy vazifasi tarkibidagi 10 ta issiqlik stansiyalari tomonidan aholi va sanoat korxonalariga elektr energiyasi issiqlik yetkazib berish bilan shug‘ullanadi;           

2. “O‘zbekenergo” AJning tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida quyidagilarni amalga oshiruvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning asosiy vazifasi issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tasarrufidagi 500-200 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalariga yetkazib berishdan iborat;

3. Elektr energiyani yakuniy iste'molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlariAJ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasini tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali aholi va sanoat korxonalariga yetkazib berish jamiyatning asosiy vazifasidir.

Anjuman ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Xususan, jurnalistlar tadbir davomida onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali iste'molchilardan savollar olib, mutasaddilarning fikrlari tinglashdi.           

Jamiyat mas'ullari quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishdi:  

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida hozirgi kunda jami iste'molchilar soni 619 305 tani tashkil etib, shundan 15 229 tasi ulgurji va 604 076 tasi aholi iste'molchilarini tashkil etmoqda.        

115 dona 110/35/10 kV kuchlanishli PSlar, 953,8 km 110 kVli, 658,7 km 35kVli 5463,2 km 6-10 kVli 993,5 km 0,4 kV 10-6-0.4 kVli tarmoqlarning 9102 km (56.4%) qismi 30 yildan ortiq davomida ishlab, ma'nan va texnik tomondan eskirgani bois 2017-2021 yillarda 2016 yil 23 noyabrdagi “Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangidan qurish to‘g‘risidagi” PK-2661 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, viloyatda 2017-2021 yillarda 3906 km 6-10-0.4 kV.li tarmoqlar, 1150 dona transformator punktlari modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan, 2017-2018 yil va 2019 yilning 6 oyi davomida 1159,4 km 6-10-0.4 kV.li tarmoqlar tarmoqlar, 524 dona transformator punktlari rekonstruksiya-modernizatsiya qilindi. Ushbu modernizatsiya ishlariga jami 103 mlrd. 277 mln.so‘m mablag‘ sarflangan. Dasturga asosan qolgan 2019-2021 yillarda 2746,6 km 6-10-0.4 kV.li elektr uzatish tarmoqlari, 626 dona transformator punktlari modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Anjuman davomida mutasaddilar, jurnalistlar tomonidan berilgan, viloyatda elektr energiyasi limit miqdori hudud ehtiyoji qay darajada uchun yetarli ekani haqida, cheklov jadvallarini amalga kiritish tartibi va yana ko‘plab dolzarb savollarga javob berdilar.

Elmurod Ermatov

Mavzuga oid