Jahon | 22:13 / 27.07.2019
6895
2 daqiqa o‘qiladi

Meksika chegarasida devor quriladigan bo‘ldi. Buning uchun Pentagon mablag‘laridan foydalaniladi

AQShning Meksika bilan chegaralarida devor qurish davom ettiriladi. Mamlakat Oliy sudi Pentagon mablag‘laridan shu maqsadga 2,5 mlrd dollarni ishlatishga ruxsat berdi. Shu bilan Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida bergan va'dalaridan birini bajarishni davom ettirishi mumkin. 

CNN telekanaliga ko‘ra, Oq uy ma'muriyati, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun Meksika bilan janubi-g‘arbiy chegaralarda chegara devorlari barpo qilish zarur. 

Oliy sud qarori Mudofaa vazirligi chegara devorlari qurish uchun davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish qonunga zidligini ta'kidlagan quyi instansiya sudi xulosasini bekor qildi. 

Amerika prezidenti Donald Tramp, Oliy sudning mazkur qarorini esa, g‘alaba sifatida e'tirof etdi. U Twitter sahifasida quyidagilarni yozdi:

«Qo‘shma Shtatlar Oliy Sudi quyi sud qarorini bekor qildi, shu bilan janubiy chegara devorini qurishga ruxsat berdi. Chegara xavfsizligi va qonun ustivorligining katta g‘alabasi!»

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid