Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi tomonidan Namangan şahridagi Yoşlar markazida partiya Dasturi hamda partiyaning 2020-2025 yillarga möljallangan Saylovoldi platformasi loyihasi muhokamasiga bağişlangan debat ötkazildi.

Unda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, hududiy partiya taşkilotlari vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlardagi partiya guruhlari, ekspertlar, siyosatşunos olimlar, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.

Debatda partiyaning amaldagi Dasturi, Saylovoldi platformasi xususida tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi. Partiya hujjatlari bugungi kun uçun nihoyatda muhim bölgan vazifalar aks etişi lozimligi va ular elektorat manfaatlariga töğridan-töğri xizmat qilişi lozimligi ta'kidlandi.

Xususan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari, ÖzMTDP faoli Minhojiddin Mirzo partiya Platformasi loyihasi ustida hali köp işlaş kerakligini ta'kidlab, Dasturda balandparvoz gaplardan qoçgan holda, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yeçimini ilgari surişni taklif etdi. Partiya Dasturida ma'naviy tiklanişdan ma'naviy yuksalişga erişişning aniq mexanizmlari aks etişi kerakligini ta'kidladi.

Debatda söz olgan ÖzMTDP faoli Rahimboy Jumaniyozov “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” şioriga ta'rif berar ekan, yuksaliş bu çöqqi, çöqqiga çiqiş uçun esa bilim va ma'rifat zarurligini qayd etib, bu borada öz takliflarini bildirdi.

Debatda partiya faollarini qiziqtirgan keskin va keskir savollarga partiya yetakçisi Alişer Qodirov hamda partiya raisi örinbosarlari Nodirjon Muxtorov va Feruza Muxamedjanovalar atrofliça javoblar qaytardilar.

Hamidjon Omonov,

ÖzMTDP Andijon viloyat kengaşi raisi:

- Aççiq bölsa-da, tan olişimiz kerak, odamlarning siyosiy partiyalarga işonçi ijobiy emas. Çunki biz oldin aholining qöltiğini puç yonğoqqa töldirdik. Tadbirlarda balandparvoz gaplardan nariga ötmadik. Şu vaziyatda bugun qanday qilib odamlarni boşqa partiyalardan farqli ölaroq “Milliy tiklaniş” partiyasiga qiziqtiramiz? Bu borada aniq strategiyalar mavjudmi?