09:20 / 29.07.2019
17850

Toshkentda texnika yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda 

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Xalq iste'mol tovarlarining ko‘rgazma yarmarka savdosi respublika markazida oliy ta'lim muassasalarining texnika yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beryapti.  

Imtihonga kelishi kutilgan 1320 nafar abituriyentning 1264 nafari ishtirok etmoqda, 56 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Hozirgacha bir nafar abituriyent qoidani buzganligi uchun imtihondan chetlashtirildi.  88 nafar nazoratchi xodimlar imtihon jarayonining belgilangan tartibda o‘tishini kuzatmoqda.

Imtihon soat 8:00da boshlandi, 11:00gacha davom etadi. Kechikkan abituriyentlar 8:15ga qadar kiritildi.

Foto muallifi: Muhammadjon G‘aniyev

Top