Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rildi
Foto: Videodan kadr
Telegram kanallardan birida video e'lon qilindi. Unda “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli N.B. boshqarib borgan bo‘lsa, oynada o‘tirgan qiz uning 9 yoshli farzandi bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilgan bo‘lib, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solindi.
Mavzuga oid
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025