Navoiyda OTMlarga kirish imtihonlarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlarga yetarlicha sharoitlar yaratilganmi?
Respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalarida bo‘lgani kabi 29 iyul erta tongdan Navoiy viloyatida ham abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining birinchi kuni boshlandi.
Viloyatdagi ikkita oliy ta'lim muassasasi – Navoiy davlat pedagogika hamda Navoiy davlat konchilik institutlarida 34 ming 507 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, respublika oliy ta'lim muassasalari uchun viloyatda test topshirish istagini bildirgan abituriyentlar soni 39 ming 401 nafarni tashkil etdi.
Test sinovlari Navoiy shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi va yakkakurash sport maktabi zallarida bo‘lib o‘tmoqda.
Sinovlar jarayonlarida har kuni 1350 nafar abituriyentlarning test sinovlarini topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Test sinovlari o‘tadigan zallarda jami 58 ta kuzatuv va 3 ta doira formatida kuzatuv kameralari, shu jumladan, kirish joylariga 3 ta shaxsni aniqlovchi kameralar o‘rnatildi. Ushbu zallarda qo‘shimcha ravishda 8 ta yangi konditsionerlar o‘rnatilib, havo haroratining 28 darajada bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tibbiy xizmat punktlari, jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida nazorat postlari, shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari uchun dam olish joylari, onlayn rejimda imtihonlarni kuzatish uchun katta o‘lchamli monitor o‘rnatildi. Ular uchun madaniy dasturlar namoyishi, savdo va umumiy ovqatlanish joylari tashkil etildi. Test sinovlari o‘tadigan joylarni uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash choralari ko‘rildi hamda zahira vositalari bilan ta'minlandi.
Imtihonlarning birinchi kunida viloyat hokimi Q.Tursunov tashkiliy tayyorgarlik masalalar va test jarayonlari bilan tanishdi.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024
O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi tizim joriy etiladi
19:02 / 31.10.2024