Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirincha olib ketilayotgan 303 million so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada 31 turdagi 162 million so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.O boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi ham belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida avtomashinada 141 million so‘mlik 20 turdagi dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 303 million so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
08:33 / 30.03.2026