Superhaşarotning favqulodda qöllaniladigan antibiotiklarga qarşiligi kengayib bormoqda. Yevropa böylab ötkazilgan tadqiqot natijasi şunday xulosa çiqarişga asos bölmoqda.
Infeksiya boşqa birorta dori-darmon bilan bartaraf etilmasa, karbapenem (carbapenems) deb nomlangan dori qöllaniladi.
The Sanger Institute tadqiqotçilari Klebsiella pneumoniae qarşiligi esa, «öta taşvişli» ekanini aytişmoqda. Ular, boşqa haşarotlar ham vaqt ötib şunday çidamli bölişidan ogohlantirmoqda.
Klebsiella pneumoniae nima özi?
U soğlom insonlarga umuman muammo tuğdirmasdan içaklarda tabiiy şaroitdagidek yaşaşi mumkin. Biroq, tana nosoğlom bölganida u nafas oliş yöllarini zararlab, pnevmoniyani keltirib çiqara oladi. U qon, teridagi kesilgan yoki şilingan joylar va miyani egallab, meningitga ham sabab böladi.
Bu haqiqatdan ham jiddiy muammomi?
Antibiotiklarga qarşilik natijasida uşbu bakteriya sabab bölgan ölimlar soni 6 karra oşgan. Ölimni karbapenemga çidamli K.pneumoniae keltirib çiqargan.
Xavotirlarning sababi şundaki, uşbu bakteriya 2015 yilda 2000 dan ortiq kişining yostiğini quritgan, agar hozirdanoq çoralar körilmasa, bu raqam kötarilişda davom etadi, ya'ni 2007 yilda 341 kişining vafotiga sabab bölgan K. pneumoniae 2015 yilda 2,094 kişining umriga zomin bölgan.











