Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida. shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari tasdiqlandi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi DUK Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini YaIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etadi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga ko‘ra, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanadi.
Tijorat asosida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025