Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunbuzar uchuvchisiz uchish qurilmalarini «uchirolmadi»
Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro Yu.G “yashil” yo‘lakdan harakatlanar ekan, bojxonachilar e'tiborini tortdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda,
Natijada, ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida fuqaroning yuklari orasidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 2 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 244-4-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026