ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasining navbatdagi yiğilişida Toşkent şahar hokimi örinbosari, mazkur partiya vakili Elbek Şukurov özboşimçalik bilan qurib olingan obektlar hamda qonunga xilof ravişda qurilgan binolar xususida fikr bildirib ötdi. Bu haqda “Xalq sözi” xabar bermoqda.
“Sobiq Sovet ittifoqidan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib taşlayvergan. Men oddiy misol sifatida aytaman, “zapravka”dan 500 metr atrofda aholi yaşaş joyi, ovqatlanadigan joy bölişi mumkin emas. Lekin qayerda şu narsaga amal qilinganini körgansizlar şaharda (Toşkent şahri - tahr.)? “Zapravka”ning oldida xonadon ham bor, boşqa tadbirkorlik sub'yektlari ham bor. Qonunda mumkin emas. Boşida tadbirkor şu joyga ruxsat olişga borganida hokimiyat yoki davlatning tegişli organi “yöq” degan bölsa kerak. Keyin yana uning baribir ruxsatini oliş uçun taniş-biliş “surib” yoki pulini berib maqsadiga erişadi. Mana endi qonuniylikka rioya qilinib, endi buzamiz deb kelgan paytda tadbirkorlar hamma yerga jar soliş holati ham bor. “Snos”lar özi nimadan boşlandi? Suvning böyida norma böyiça, qonunçilik asosida, 50 metr masofada uy ham tadbirkorlik sub'yekti ham bölişi kerak emas. Lekin bizda hamma joyga qurib taşlangan. Uni agar buzamiz desak yana öşa “snos” masalasi kötariladi”, - dedi u.
Şuningdek, Elbek Şukurov ayrim insonlar tomonidan özlari yaşagan yoki faoliyat yuritgan hududga yuqori baho söralganini ham ta'kidlab ötdi.
“Butun aholi yalinyapti, şu tadbirkorga yoki xonadonga, “uyimiz eskirib ketgan, hammamizni rozi qildi, iltimos sen ham rozi bölgin” deyapti. “Yöq, 4 sotix yerimga 1 mln. dollar xohlayman” deydi. Bunaqa holatlar ham bor. Bizda hozirda eng katta bölayotgan xato, töğri tuşuninglar, tuman hokimiyati darajasida ham bizlarga öxşab qonunçilikni yaxşi tuşunadigan, ertalabdan har bir qarorni öqib qöyadigan mutaxassislar yöq. “Kompetentnyy” bölmasligi mumkin. Şu holatlarda hurmatli deputatlar, tuman kengaşlarining asosiy vazifasi qilayotgan xatti-harakatini mas'ulga tuşuntiriş. Şu nuqtai-nazardan har bir harakatda uni umumiy “snos” şaklida emas. Har bir holatni alohida-alohida baholaş nuqtai nazaridan körişimiz kerak. Men hokimiyatlarni umuman oqlayotganim yöq. Partiyamizning pozitsiyasi qat'iy bölişi kerak. Lekin ba'zi boşqa hamkasblarimiz nuqtai-nazaridan faqat piarga ham ötib olişimiz kerak emas”, - dedi E. Şukurov.
Şu bilan birga, hokim örinbosari Elbek Şukurov nimani nazarda tutgani bir qadar tuşunarsiz.
Birinçidan, SSR vaqtida barça avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari davlat tomonidan qurilgan. Xuddi hozirda bölgani kabi, yoqilği, gaz va elektr energiyasi sotuvi qattiq nazorat ostida bölgan. Resurslarning butun bozori davlat monopoliyasida edi. SSRda xususiy sektor faoliyati qattiq nazorat hamda taqiqda bölgan.

















